Ziyokor

ZIYOKOR FAN OLIMPIADASI G'OLIBLARI DIQQATIGA!

08.05.2021 (shanba) soat 13:30 da Namangan viloyat xalq ta'limi binosi majlislar zalida #ZIYOKOR_FAN_OLIMPIADA_2021 TAQDIRLOV MAROSIMI bo'lib o'tadi.

Barcha sovrindorlar va ularning ustozlarini aytilgan manzilga 13:30 dan kech qolmay yetib kelishlari so'raladi.

PS: Ziyokor fan olimpiadasida g'oliblik uchun kurash 7 ta fandan tuman bosqichida 1, 2, 3-o'rinlarni egallagan umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida alohida va viloyat bosqichida to'g'ridan to'g'ri qatnashgan DIMI o'quvchilari o'rtasida alohida bo'lib o'tdi. Ziyokor fan olimpiadasida 1, 2 va 3 o'rinlarni qo'lga kiritgan jami 42 nafar g'oliblarni quyidagi sovg'alar kutmoqda👇👇👇

G'oliblar uchun 1-o'ringa kompyuter💻 jamlanmasi, 2-o'ringa televizor 🖥 va 3-o'rin uchun qimmatbaho sovg'alar🎁 kutmoqda.

Manzil: Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi (Viloyat "Barkamol avlod" bolalar markazi) faollar zali.